Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo viloyati hokimligi «Nasaf» va «Sevinch» futbol jamoalariga mahalliy budjetdan pul ajratdi
Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning qarori bilan «Nasaf» va «Sevinch» futbol jamoalariga mahalliy budjetdan pul ajratilgan. Buni viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov tasdiqladi.
Ma'lum bo‘lishicha, joriy yil 19 iyul kuni Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning 359-4-0Q/21-sonli qarori bilan «Nasaf» va «Sevinch» futbol klublariga sport kiyimlari va epikirovka sotib olish uchun mahalliy budjet pulidan 450 million so‘m ajratilgan.

Qarorda yozilishicha, ajratilgan umumiy summadan «Nasaf» futbol jamoasiga 200 million so‘m, «Sevinch» ayollar futbol jamoasiga esa 250 million so‘m mablag‘ beriladi.
Ma'lumot uchun, ancha yillardan buyon Qashqadaryodagi futbol jamoalarini, shu jumladan, «Nasaf» va «Sevinch» jamoalarini ham neft-gaz sohasida faoliyat olib boradigan davlat kompaniyalari mablag‘ bilan ta'minlab kelmoqda.
Mavzuga oid
15:27 / 15.04.2025
Qashqadaryoda YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan haydovchi qamoqqa olindi
17:18 / 08.02.2025
“Sen qulsan” – Kosonda kelinini muntazam xo‘rlab kelgan qaynota va qaynona hamda ularning o‘g‘li ozodlikdan mahrum qilindi
11:02 / 15.12.2024
Taxtiqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi
18:04 / 06.11.2024