Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayollar o‘rtasida Olimpiadalardagi ishtirok bo‘yicha rekordchi sportchi faoliyatini yakunlashga qaror qildi
Ayollar o‘rtasida Olimpiadalardagi ishtiroklar soni bo‘yicha rekordchi sportchi Nino Salukvadze Tokio Olimpiadasidagi ishtirokidan keyin faoliyatini yakunlashini e'lon qildi. To‘pponchadan o‘q uzish yo‘nalishida ishtirok etuvchi gruziyalik sportchi faoliyatidagi to‘qqizinchi Olimpiadani o‘tkazmoqda. U o‘z qarorini ko‘rish qobiliyatidagi muammolar bilan bog‘lagan.
“Olimpiadada boshqa ishtirok etmayman, Tokiodan keyin faoliyatimni yakunlayman. Men hozirgi yuklama bilan to‘qqizta Olimpiadaga hech kim bardosh bera olmasligini aniq bilaman. Faoliyatimni tobora og‘ir bo‘layotgani sababli yakunlamoqdaman. Ma'nan, jismonan va texnik jihatdan tayyorman, biroq ko‘zim xiralashib bormoqda”, deb aytgan sportchi. U faoliyati uchun ko‘zida jarrohlik amaliyotini o‘tkazgani, biroq bu uning sport natijalariga ta'sir ko‘rsatmaganini ta'kidlab o‘tgan. “Biroq hayotda hamma narsani ravshan ko‘raman”, deb qo‘shimcha qilgan Salukvadze.
Sportchi keyingi Olimpiadada murabbiy sifatida ishtirok etishi mumkinligini aytgan.
Nino Salukvadze Olimpiadalardagi ishtirokini 1988 yilda Seulda boshlagan va shundan beri birorta Olimpiadani o‘tkazib yubormagan. U 2016 yilgi Rio-de-Janeyro Olimpiadasida o‘g‘li Tsotne bilan birga ishtirok etgan. Bu tarixda ona va o‘g‘il bir Olimpiadada ishtirok etgan birinchi hodisa hisoblanadi.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
20:33 / 13.01.2025
Parij Olimpiadasining ko‘plab medallari nuqsonli bo‘lib chiqdi
14:20 / 21.12.2024
RF atletlariga neytral maqomda OO‘ga yo‘llanma olish uchun ruxsat berildi
20:31 / 20.09.2024