Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi
O‘zbekiston prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadov bugun, 26 iyul kungi brifingda davlat rahbarining joriy hafta ish rejasi haqida ma'lumot berdi.
Unga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev 26 iyul kuni Toshkent shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishadi. 27 iyul esa kon-metallurgiya sanoati rivoji bilan tanishuv reja qilingan.
Prezident hafta davomida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi.
Shuningdek, hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur'atlarini ta'minlash bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi ham mo‘ljallangan.
Sherzod Asadovga ko‘ra, prezidentning tadbirkorlar bilan uchrashuvi avgust oyining 1-yarmiga rejalashtirilmoqda. Tadbirkorlar davlat rahbariga o‘z takliflarini 31 iyulga qadar yuborishlari mumkin.
Mavzuga oid
17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
15:59 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi
00:30 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga bordi
20:19 / 24.12.2024