O‘zbekiston | 08:31 / 27.07.2021
2492
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda Toshkentga olib ketilayotgan 900 kilogrammga yaqin sifatsiz go‘shtlar to‘xtatib qolindi

Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan «Samarqand» YPX maskanida Buxorodan Toshkentga olib ketilayotgan sifatsiz go‘shtlar to‘xtatib qolindi. Bu haqda viloyat Navoiy viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 26 iyul kuni soat 00:20 larda Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi «ISUZU» mashinasi Navoiy viloyati IIB PPX va JTSB Karantin tadbirlarini ta'minlash bo‘linmasi xodimlari tomonidan to‘xtatib tekshirilgan. 

Tekshiruv davomida mashina yukxonasida 180 kg kelib chiqishi noma'lum bo‘lgan yirik shoxli qoramol hamda 720 kg mayda shoxli mol go‘shti veterinariya-sanitariya qoidalari talablariga zid ravishda Toshkent shahriga sotish maqsadida olib ketilayotganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Ma'muriy kodeksning 109-moddasiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4-5 iyun kunlari ham Buxorodan Toshkentga olib ketilayotgan sifatsiz go‘shtlar Navoiyda to‘xtatib qolingandi.

Mavzuga oid