Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda tadbirkorga ajratilgan yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXX Xiva shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda firibgarlik jinoyati bilan bog‘liq holat fosh etildi.
Fuqaro I.A. «G.» MChJga Urganch tumani hududidan yengil tipdagi issiqxona qurish uchun ajratilgan 0,7 gektar yer maydonining 15 sotixini fuqaro T.ga uy-joy qurish uchun ajratib berishni va'da qilib, oldindan kelishilgan 8 400 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
19:54 / 23.05.2025
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi
17:29 / 23.05.2025