BMTda Myanma koronavirusning “supertarqatuvchisi”ga aylanishi mumkinligi aytildi

Foto: EPA
Myanmadagi vaziyat butun mintaqa bo‘ylab koronavirusning nazoratsiz tarqalishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda The Guardian nashriga BMTning Myanmadagi inson huquqlari bo‘yicha maxsus ma'ruzachisi Tom Endryus ma'lum qildi.
“Myanma koronavirusning “delta” shtammi va o‘ta xavfli, o‘ta yuqumli boshqa shakllari bilan birga uning supertarqatuvchisiga aylanmoqda. Bu juda, juda xavfli”, deb ta'kidlab o‘tgan Endryus.
“Koronavirus millat, chegara, mafkura, siyosiy partiyalarni tan olmaydi. U tahqirlash nima ekanini tushunmaydigan qotildir”, deb davom ettirgan BMT vakili.
Endryusning aytishicha, Myanmada koronavirusga chalinganlar va undan o‘lganlarning aniq soni noma'lum. U shu bilan birga mamlakat sayyoramiz aholisining deyarli uchdan bir qismi yashaydigan davlatlar bilan chegaradosh ekanini eslatib o‘tgan.
Endryus shu munosabat bilan BMT Xavfsizlik kengashining Myanmada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyasiga amal qilishga chaqirgan. U xalqaro hamjamiyat, jumladan Myanma bilan chegaradosh davlatlar koronavirus nazoratsiz tarqalishining oldini olish uchun tezkorlik bilan choralar ko‘rishi kerakligini aytgan.
Myanmada 1 fevralda harbiy to‘ntaruv amalga oshirilgandi. Harbiylar amaldagi rahbarlarni hokimiyatdan chetlatib, mamlakat boshqaruvini o‘z qo‘llariga olgan.
The Guardian’ning xabar berishicha, hozirda mamlakatda aholini koronavirusga qarshi emlash dasturi oqsamoqda, test o‘tkazishlar muvaffaqiyatsiz kechmoqda, sog‘liqni saqlash tizimi haddan tashqari yuklangan. Shuningdek, mamlakatga kislorod, tibbiy qurilmalar, dori-darmon yetkazishda jiddiy uzilishlar kuzatilmoqda.
Mavzuga oid

21:12 / 05.04.2025
Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi yordamchisi bilan uchrashdi

19:02 / 04.04.2025
BMT: Sun’iy intellekt tufayli boy va kambag‘allar o‘rtasidagi tafovut o‘smoqda

18:57 / 02.04.2025
"BMT eskirdi, xalqaro hamjamiyat muammolar oldida ojiz" - Turkiya elchisi

23:38 / 29.03.2025