Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litva agar Minsk noqonuniy migrantlar oqimini to‘xtatsa, Belarusga qarshi sanksiyalar kiritilmasligiga va'da berdi
Yil boshidan beri Litva-Belarus chegarasida 3100dan ortiq noqonuniy migrant qo‘lga olingan.
Belarusdan Litvaga noqonuniy migrantlar oqimi to‘xtatilsa, Vilnyus Yevroittifoqdan Minskka qarshi yangi sanksiyalar kiritishni so‘ramaydi. Bu haqda Litva tashqi ishlar vaziri Gabrielyus Landsbergis ma'lum qildi.
"Ma'lum bir muloqot ketmoqda va biz agar noqonuniy migrantlar oqimi to‘xtatilsa, Litva ham, Yevroittifoq ham Belarusga qarshi yangi sanksiyalar taklif qilmasligini aytdik", — dedi u.
Ma'lumot berilishicha, yil boshidan beri Litva-Belarus chegarasida Osiyo va afrikalik 3145 nafar noqonuniy migrant qo‘lga olingan. Bu butun 2020 yildagidan qariyb 40 baravarga ko‘p.
May oxirlarida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko uning mamlakati qo‘shni davlatga giyohvand moddalar va noqonuniy migrantlar o‘tishiga to‘siq ekanligini, ammo g‘arbning siyosiy bosimi natijasida to‘siq vazifasini bajarishni to‘xtatishini aytgandi.
Mavzuga oid
20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi
18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
19:13 / 23.05.2025
Litva 1 iyundan Rossiyaning nobiometrik xorijga chiqish pasportini tan olmaydi
17:55 / 23.05.2025