O‘zbekiston | 09:37 / 29.07.2021
1133
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda yo‘llardan muntazam foydalanish korxonasidan tadbirkorlik sub'yekti hisobiga 520 million so‘m undirib berildi

Samarqandda yo‘llardan muntazam foydalanish korxonasidan tadbirkorlik sub'yekti hisobiga 520 million so‘m undirib berilgan. Bu haqda MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi.

Foto: KUN.UZ

Ma'lum qilinishicha, Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi ish yurituviga iqtisodiy sudning qarori bilan Samarqand yo‘llardan muntazam foydalanish unitar korxonasidan undiruvchi – «RMD» mas'uliyati cheklangan jamiyati foydasiga jami 520 million so‘m qarzni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan va ijro ishi yuritilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor korxonadan undiruvchi foydasiga 520 million so‘m undirib berilgan.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid