Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikki kunda yana 6 kishi pnevmoniya qurboni bo‘ldi, pnevmoniyadan davolanayotganlar soni koronavirus bemorlaridan ko‘p
Sog‘liqni saqlash vazirligi 29 iyul kuni yana 546 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 9798taga yetgani haqida xabar berdi.
So‘nggi bir kunda pnevmoniyaga chalinganlarning 249 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 3275 nafarni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, SSV pnevmoniya bo‘yicha alohida statistika yuritishni boshlagan 5 iyuldan buyon pnevmoniyadan vafot etganlar soni 66 nafarga yetdi.
Ayni vaqtda pnevmoniyaga chalingan bemor sifatida ro‘yxatga olinib, davolanishni davom ettirayotgan bemorlar soni 6457 nafar. Bu esa koronavirusga chalinib, shifoxonalarga yotqizilganlar sonidan ko‘p - 5169 (aktiv keys - pnevmoniya va koronavirus bemorlari soni jami 11 626 nafarni tashkil qilmoqda).
Quyidagi jadvalda pnevmoniya qayd etilishi va ushbu kasallikdan sog‘ayish ko‘rsatkichlari viloyatlar kesimida keltirilgan.

Eng ko‘p holatlar Toshkent shahri (so‘nggi ikki kunda 471ta yangi holat), Toshkent viloyati (+278) va Jizzax viloyatida (+89) qayd etilgan.