Jamiyat | 11:11 / 01.08.2021
18773
1 daqiqa o‘qiladi

Qo‘qon ichki ishlar boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Podpolkovnik Nurilla Bahodirovich Sultonov Qo‘qon shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovi amalga oshirildi.

IIB matbuot xizmati xabar berishicha, Nurilla Sultonov Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Nurilla Sultonov IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasida faoliyat yuritgan.

Mavzuga oid