Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI hokimiyat kuch bilan egallangan taqdirda "Tolibon" hukumatini tan olmasligini bildirdi
Ta'kidlanishicha, voqealar ana shunday tarzda rivojlanadigan bo‘lsa, Yevroittifoq Afg‘onistonga yordam berishni to‘xtatadi.
“Tolibon” Afg‘onistonda hokimiyatni harbiy yo‘l bilan egallagan taqdirda Yevroittifoq yangi hukumatni tan olmaydi. Bu haqda YeIning mintaqa bo‘yicha maxsus vakili Tomas Niklasson ma'lum qildi.
"Agar "Tolibon" hokimiyatni harbiy yo‘l bilan egallaydigan bo‘lsa, u na YeI, na mintaqadagi ko‘plab davlatlar tomonidan tan olinadi", - dedi u.
Niklassonning so‘zlariga ko‘ra, voqealar ana shunday tarzda rivojlanadigan bo‘lsa, Yevroittifoq Afg‘onistonga yordam berishni to‘xtatadi.
U shuningdek, hozirda yuzaga kelgan vaziyatdan xavotir bildirdi.
Toliblar vakillarining ta'kidlashlaricha, harakat mamlakat hududining 85 foizi ustidan nazorat o‘rnatgan.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
10:38 / 21.05.2025
Kiyev YeIni AQSh senatorlarining sanksiyalar bo‘yicha g‘oyalarini qabul qilishga chaqirdi
10:00 / 21.05.2025
YeI Rossiyaga qarshi to‘rtta rejim doirasida sanksiyalar kiritdi
08:27 / 21.05.2025