Asaka tumanida 40 500 AQSh dollariga fermer xo‘jaligidagi yerni sotib yuborgan firibgar qo‘lga olindi
U o‘z fermer xo‘jaligi balansidagi yerni fuqarolarga uy-joy qurish uchun ajratib bergan.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining xabar berishicha, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “G‘.” fermer xo‘jaligi rahbari A. xo‘jalik balansida bo‘lgan 0,84 gektar yer maydonini 12 nafar fuqaroga uy-joy qurish uchun ajratib berib, buning evaziga ulardan kelishilgan 40 500 AQSh dollaridan 24 600 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Bundan tashqari, 1 gektar yer maydonining qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sababchi bo‘lib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,1 mlrd so‘m zarar yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste'mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Shahrixon tumanida yer maydonining bir qismini sotmoqchi bo‘lgan fuqaro aniqlanganligi xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
08:10 / 20.11.2024
Salkam 1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi
15:03 / 13.11.2024
Andijonda Damas ag‘darilib piyodalar yo‘lakchasida 9 yoshli qizchani bosib qoldi
11:10 / 02.11.2024
Fermer xo‘jaligi 382 mln so‘mlik qum-shag‘al aralashmasini qazib olgani aniqlandi
15:44 / 01.11.2024