Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madagaskarda prezidentga qarshi fitna uyushtirishda gumonlanib 21 kishi hibsga olindi
Ma'lumot berilishicha, qo‘lga olinganlar orasida besh nafar general hamda to‘rt nafar xorij fuqarosi bor.
Madagaskarda mamlakat prezidenti Andri Radzuelinani o‘ldirish maqsadida til biriktirishda gumonlanib 21 kishi, jumladan, 12 nafar harbiy qo‘lga olindi. Bu haqda bosh prokuror Bertinu Razafiarivuniga asoslanib Reuters agentligi xabar berdi.
"Tergovchilar fitna tashkilotchilarini aniqlash imkonini bergan ishonchli ashyoviy dalillarni qo‘lga kiritdi. Aloqador shaxslar qo‘lga olindi", dedi u.
Agentlikning ma'lumot berishicha, qo‘lga olinganlar orasida besh nafar general hamda to‘rt nafar xorij fuqarosi bor. Dastlabki hibslar 20 iyulda amalga oshirilgan.
Jeune Afrique nashriga ko‘ra, fitna ishtirokchilaridan biri bo‘lgan Fransiya fuqarosi Pol Rafanuxarana avvalroq bir necha million dollar berishlarini so‘rab Madagascar Oil kompaniyasiga murojaat qilgan.
Mavzuga oid
09:35 / 30.01.2022
Foto: Afrika sharqidagi tropik shtorm oqibatlari. O‘nlab kishilar halok bo‘lgan, yuz minglab kishilar uysiz qolgan
21:30 / 22.12.2021
Madagaskarda aviafalokatga uchragan general dengizda 12 soat suzib tirik qoldi
18:41 / 23.10.2021
BMT Madagaskardagi ocharchilik haqida ma'lum qildi
17:16 / 22.07.2021