Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Madagaskardagi ocharchilik haqida ma'lum qildi
Ma'lum qilinishicha, ayrim joylarda odamlar chigirtka, mevalar va kaktus barglarini yeb kun kechirishga majbur bo‘lmoqda.
Madagaskar janubida bir milliondan ortiq inson tarixda birinchi marta global iqlim o‘zgarishi oqibatida yuzaga kelgan ocharchilikdan omon qolishga urinmoqda, deb ma'lum qildi BMT.
Qayd etilishicha, Madagaskar ko‘p yillik qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda.
Jahon oziq-ovqat dasturi vakili Elis Raxmunning so‘zlariga ko‘ra, ayrim joylarda nimadir yetishtirish mumkin, ammo bu yildan yilga qiyinlashib bormoqda. Ayrim joylarda esa mutlaqo hech narsa o‘smayapti va odamlar chigirtka, mevalar va kaktus barglarini yeb kun ko‘rishga majbur bo‘lmoqda.
Jahon oziq-ovqat dasturi mamlakat hukumati bilan hamkorlik qilmoqda. Ma'lumot berilishicha, 700 mingga yaqin kishiga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilmoqda.
Mavzuga oid
12:09 / 12.10.2024
Kollektivlashtirishning salbiy oqibatlari: SSSRda ocharchilikdan halok bo‘lgan odamlar
18:45 / 09.06.2023
Kim Chen In o‘zini o‘ldirayotganlar soni keskin oshgani yuzasidan maxfiy yig‘ilish o‘tkazdi
20:15 / 16.05.2023
Millionlab insonlarni qirib yuborgan balo: SSSRdagi dahshatli ocharchilik
08:47 / 21.03.2023