Qo‘ng‘irotdagi IIB xodimiga pora taklif qilgan shaxsga jinoyat ishi ochildi
Qo‘ng‘irot tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi tayanch punktlarining profilaktika inspektori, kapitan Q.Ernazarovga shu tumanda yashovchi K.A. pora taklif qilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV axborot xizmatining ma'lum qilishicha, u sodir etgan huquqbuzarligi bo‘yicha o‘ziga nisbatan to‘planayotgan hujjatlarni sudga yubormasdan bosti-bosti qilish evaziga 2 million so‘m pullarni pora tariqasida taklif qilgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan profilaktika inspektori Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyatiga bildirgi bilan murojaat qilgan.
Unga asosan, 28 iyul kuni Qo‘ng‘irot tumani maxsus prokuraturasi, hamda Departamentning Qo‘ng‘irot tumani bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Jarayonda profilaktika inspektorining xizmat xonasida K.A. pora tariqasida taklif qilgan 2 million so‘m pullarning 1 250 000 so‘mini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Qo‘ng‘irotda IIB xodimiga 1 million so‘m pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi. Avvalroq esa Qo‘ng‘irotda jazoni o‘tayotgan mahkum Koloniya boshlig‘i o‘rinbosariga pora bermoqchi bo‘lgandi.
Mavzuga oid
17:42 / 05.11.2024
Toshkent viloyatida MIB, soliq, bojxona xodimlari pora bilan ushlandi
19:09 / 28.10.2024
“Ko‘p miqdorda jarimam bor edi” – Samarqandda pora olgan IIB xodimi qamaldi
19:05 / 14.10.2024
Sobiq IIB xodimi umrbodga hukm qilindi. U uch kishini o‘ldirgan
20:03 / 09.10.2024