Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijiy oliygohga o‘qishga kiritib, keyin O‘zbekistonga ko‘chirib berishni va'da qilgan firibgar ushlandi
Fuqaroni Qirg‘iziston Respublikasi oliygohiga o‘qishga kiritib, keyinchalik o‘qishini O‘zbekistondagi ta'lim muassasasiga ko‘chirib berishni va'da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan ma'lum qilindi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Chilonzor tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda, fuqaro E.E. fuqaro A.ning ishonchiga kirib, uni 7 000 AQSh dollari evaziga Qirg‘iziston Respublikasi tibbiyot oliygohiga o‘qishga kiritib, birinchi bosqichni tugatganidan so‘ng tanishlari orqali o‘qishini Toshkent tibbiyot akademiyasiga ko‘chirib berishni va'da qilib, oldindan 3 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Toshkentda xorijdagi o‘qishni Samarqanddagi oliygohga ko‘chirtirib berishini aytib, fuqarodan pul olgan shaxs hamda Yashnobodda fuqaroning “xorijdagi” o‘qishini ko‘chirtirib berishni va'da qilgan firibgar ushlanganligi xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
11:16 / 24.05.2025