Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksika AQShdagi qurol ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni sudga berdi
Meksika hukumatining yuridik masalalar bo‘yicha maslahatchisi mamlakatga yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya sifatida kamida 10 mlrd dollar talab qilishini bildirgan.
Meksika hukumati mamlakatda o‘tochar qurol yordamidagi zo‘ravonliklar oqibatida qurbonlar soni o‘sgani sababli Amerikadagi qurol ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilarga nisbatan Boston federal okrug sudiga da'vo arizasi kiritdi. Bu haqda Associated Press (AP) agentligi xabar berdi.
Agentlikning ma'lumotiga ko‘ra, Meksika hukumatining yuridik masalalar bo‘yicha maslahatchisi mamlakatga yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya sifatida kamida 10 mlrd dollar talab qilishini bildirgan.
Xabarda aytilishicha, Smith & Wesson Brands, Inc., Barrett Firearms Manufacturing, Inc., Beretta U. S. A. Corp, Colt’s Manufacturing Company LLC va Glock Inc kompaniyalari hamda ular ishlab chiqargan qurollarni sotish bilan shug‘ullanuvchi Interstate Arms korporatsiyasi javobgar tomon sifatida qayd etilgan.
Meksika bu masalada AQSh hukumati bilan maslahatlashmagani, ammo AQSh elchixonasini bundan xabardor qilgani aytilmoqda.
Mavzuga oid
12:02 / 24.05.2025
«Sizga achinaman, janoblar!» – Abdurahmon Tashanovning shu nomli posti kamsitish deb topildi
09:35 / 24.05.2025
Sud Trampning Harvardga xorijliklarni qabul qilishni taqiqlash qarorini blokladi
11:53 / 22.05.2025
Ayrim nizolarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi
23:19 / 21.05.2025