Namanganda shifokorga og‘ir tan jarohati yetkazgan aka-uka ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi
Namangan viloyati Namangan shahridagi 10-sonli oilaviy poliklinikada issig‘i ko‘tarilganidan shikoyat qilib kelgan aka-ukadan COVID-19’ga chalinmaganini bilmoqchi bo‘lgan shifokor ayovsiz kaltaklandi.
4 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahrida fuqaro shifokorni ayamasdan tagiga bosib olib do‘pposlayotgani aks etgan video tarqaldi. Ma'lum bo‘lishicha, ushbu voqea 28 iyul kuni 10-sonli oilaviy poliklinikada sodir bo‘lgan.
Dastlab Namangan shahar bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi hodisa yuzasidan ma'lumot berib, IIB xodimlari tomonidan voqea joyiga borilib tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgani ma'lum qilingandi.
Cog‘liqni saqlash vazirligi ham mazkur holat yuzasidan o‘rganishlar olib bordi.
«Aniqlanishicha, joriy yilning 28 iyul kuni soat 02:30da Namangan shahar Objuvoz mahallasi Tafakkur ko‘chasi 41-uyda yashovchi 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro F.J. va uning akasi 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro F.B. Namangan shahar Yangiqurilish mahallasida joylashgan 10-son oilaviy poliklinikaga tana haroratining ko‘tarilishi shikoyati bilan murojaat qiladi.
Shu kuni poliklinikada o‘z navbatchiligini o‘tayotgan 1994 yilda tug‘ilgan shifokor U.A. fuqarolar – F.J. va F.B.ni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, ularga tana harorati me'yorda ekani va koronavirus infeksiyasiga PZR test topshirishi kerakligini aytganida, bu tashxisdan norozi bo‘lgan aka-uka shifokor U.A.ni ayovsiz do‘pposlaydi va unga jiddiy tan jarohati yetkazadi.
Shundan so‘ng shifokor U.A. olgan tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi (RShTTYoIM) Namangan filialiga murojaat qilgan.
Tibbiy tekshiruv davomida shifokor U.A.ga bosh miyaning yopiq shikasti, bosh miyaning kuchli chayqalishi, o‘ng qo‘l tirsak sohasining jiddiy zararlanishi, peshona, o‘ng chakka va o‘ng yuz yuqori qovoq sohasi kuchli qontalash tashxisi qo‘yilgan», deyiladi SSV xabarida.
Ma'lum qilinishicha, hozirda tibbiyot xodimiga tajovuz qilgan F.J. va F.B.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanib, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» bandi (bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
16:53 / 22.11.2024
Namanganda 4 kishini Britaniyaga ishga yuborish evaziga 12 ming dollar olgan shaxs ushlandi
16:34 / 18.11.2024
“Manzil”: Dengiz sathidan 3000 metr balandlikdagi ko‘l – Arashan buloqqa sayohat
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
21:11 / 11.11.2024