Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlarga 903 million so‘m noreal qarzdorlik hisoblagan “Hududgaz Jizzax” filiali xodimlariga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Jizzax viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi bir guruh tadbirkorlik sub'yektlari ularga nisbatan noqonuniy ravishda qarzdorlik hisoblangani va ular asossiz gaz tarmog‘idan uzilganidan norozi bo‘lib, Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.
Aniqlanishicha, “Hududgaz Jizzax” gaz ta'minoti filiali xodimlari tomonidan tabiiy gaz sarfini hisobga oluvchi “Fossa” dasturiga yuqoridagi tadbirkorlik sub'yektlari hisobiga qariyb 903 million so‘mlik noreal qarzdorlik kiritilgan.
Ushbu holat yuzasidan Biznes-ombudsman tomonidan “Hududgaz Jizzax” gaz ta'minoti filiali mansabdor shaxslari va boshqalarning harakatlariga qonuniy baho berish va ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atish taklifi viloyat prokuraturasiga yuborildi.
Biznes-ombudsmanning taklifi bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari amalga oshirilib, “Hududgaz Jizzax” gaz ta'minoti filiali, “Hududgaz Metrologiya” filiali Jizzax bo‘limi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:03 / 22.05.2025
«Abdunazarovni majburiy keltirish choralari ko‘rilmoqda» – IIB yuk mashinalariga doir firibgarlik haqida
20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi
17:58 / 21.05.2025
Traktordan “Kamaz”gacha: Jizzaxda odamlar kutilmagan usulda chuv tushirib ketilmoqda
09:27 / 15.05.2025