Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haiti hukumati prezidentning o‘ldirilishini tergov qilishda BMTdan yordam berishni so‘radi
Haiti hukumati BMTdan prezident Jovenel Moizning o‘ldirilishi bo‘yicha xalqaro tergov o‘tkazilishida yordam berishni so‘radi. Moiz 7 iyulda o‘z qarorgohida bir guruh yollanmalar tomonidan o‘ldirilgandi.
Haiti hukumati bu maqsadda 3 avgustda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish nomiga maktub yo‘llagan. Hukumat a'zolarining ta'kidlashicha, Moizning o‘ldirilishi xorijliklar tomonidan amalga oshirilgani, rejalashtirilgani va moliyalashtirilgani sababli xalqaro darajadagi jinoyat hisoblanadi. Qotillikni tergov qilish bo‘yicha xalqaro komissiya tuzilishidan tashqari, hujum qilganlarga jazo hukmi chiqarish bo‘yicha maxsus sud ham tashkil etilishi taklif qilingan.
Hozirda qotillikka aloqadorlikda gumonlanib 23 kishi, jumladan 18 kolumbiyalik va 5 haitilik qo‘lga olingan.
Ayni vaqtda Haitida favqulodda holat rejimi amal qilmoqda.
Mavzuga oid
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025
“Global iqtisodiyot qaltis pallada” - BMT Tramp tufayli iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
23:35 / 14.05.2025