Jamiyat | 19:22 / 06.08.2021
3646
1 daqiqa o‘qiladi

Yakkabog‘dagi tug‘uruqxonaga qabul qilinmay Qarshiga jo‘natilgan ayol yo‘lda tug‘gani va chaqaloq vafot etgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga ko‘ra, joriy yil 1 avgust kuni Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘uruq bo‘limiga murojaat qilib kelgan shu tumanda yashovchi homilador ayolga shifokorlar e'tibor qaratishmagan. So‘ng uni viloyat markaziga jo‘natib yuborishgan. Oqibatda, Qarshiga ketishda, yo‘lda mashina ichida ayolning ko‘zi yorigan va chaqaloq vafot etgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi munosabat bildirdi. Munosabatda yozilishicha, holat yuzasidan Yakkabog‘ tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘uruq bo‘limi shifokorlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan. Bundan tashqari, ayni paytda holat huquqni himoya qilish organlari tomonidan o‘rganilmoqda.

Qashqadaryoda ish paytida mast holda bo‘lgani aytilgan shifokor o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shatildi

Qashqadaryoda bemordan kasallik tarixi ochish uchun 5 ming so‘m so‘ragan tibbiyot xodimi ishdan bo‘shatildi

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid