AQSh Afg‘onistonga bombardimonchi samolyotlarini jo‘natdi – OAV
Xabar qilinishicha, bombardimonchi samolyotlar Qandahor, Hirot, Lashkargoh hamda Hilmanddagi nishonlarga zarba bergan.

AQSh «Tolibon» jangarilariga qarshi kurashish uchun Afg‘onistonga B-52 Stratofortress bombardimonchi samolyotlarini jo‘natdi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib The Times gazetasi xabar berdi.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, bombardimonchi samolyotlar Afg‘onistonga AQShning Qatardagi al-Udayd aviabazasidan yo‘l olgan. Samolyotlar soni ma'lum qilinmayapti.
Xabar qilinishicha, bombardimonchi samolyotlar Qandahor, Hirot, Lashkargoh hamda Hilmanddagi nishonlarga zarba bergan.
AQSh shuningdek, AC-130 Spectre samolyotlari va MQ-9 Reaper jangovar dronlaridan ham foydalangan, deb yozadi The Times.
Avvalroq Juzjon viloyati toliblar nazoratiga o‘tgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

10:38
Kiyev YeIni AQSh senatorlarining sanksiyalar bo‘yicha g‘oyalarini qabul qilishga chaqirdi

22:39 / 20.05.2025
AQSh yangi atom bombasi yaratilganini e’lon qildi

22:06 / 20.05.2025
AQSh 200 ming ukrainalikni deportatsiya qilishi mumkin

20:43 / 20.05.2025