O‘zbekiston | 07:11 / 07.08.2021
3043
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda qurilish uchun ajratilgan yer maydonini sotayotgan shaxs ushlandi

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida tuman hokimining qarori bilan yoshlar mehnat guzari va kovorking markazi qurish uchun ajratilgan 4,25 sotix yerni yerni noqonuniy ravishda sotayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda Jizzax viloyati prokuraturasi ma'lum qildi. 

Sharof Rashidov tumanida ro‘yxatdan o‘tib faoliyat yuritayotgan tadbirkor tuman hokimining qarori bilan yoshlar mehnat guzari va kovorking markazi qurish uchun ajratilgan 4,25 sotix yerni joriy yilning iyul oyida 5 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘ladi. 

2021 yil 28 iyul kuni viloyat prokuraturasi, DXX va Departamentning viloyat boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Jizzax shahridagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida oldindan 4000 AQSh dollarini olgan vaqtda qo‘lga olindi. 

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Jizzax shahrida tadbirkorga tegishli yerni sotayotgan ish boshqaruvchi ushlanganligi xabar qilingan edi.

Mavzuga oid