Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jomboyda xonadonida 2 qop marixuana saqlab kelayotgan shaxs ushlandi
Samarqand viloyati Jomboy tumanida yashash xonadonida 2 qop kannabis giyohvand moddasini saqlab kelayotgan shaxs ushlangan. Bundan tashqari, u tomorqasida 165 tup kannabis o‘simligini o‘stirib kelayotgani aniqlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Samarqandda o‘tkazilayotgan «Jinoyatchilikka qarshi kurash» tezkor profilaktik oyligi tadbirlari doirasida, olingan tezkor ma'lumotga asosan, 2021 yil 7 avgust kuni Jomboy tumani Olmazor mahallasi Yerteshar qishlog‘ida yashovchi S.K.ning yashash uyida tintuv tergov harakati o‘tkazilgan.
Tintuv davomida, uy omborxonasidan 2 dona qopga solingan kannabis giyohvand moddasi topilgan. Bundan tashqari, S.K.ning tomorqasida 165 tup kannabis giyohvandlik o‘simligi o‘stirilayotgani aniqlanib, ular hujjatlashtirib olingan.
Ta'kidlanishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha 6 avgust kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Jomboy tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Olmazor mahallasida yashovchi yana bir shaxs o‘z tomorqasida 2 160 tup kannabis o‘stirayotgani aniqlangandi.
Mavzuga oid
07:50 / 25.01.2025
5 kg marixuanani 10 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi
09:30 / 18.06.2024
Merilendda giyohvand modda uchun sudlangan 100 ming kishi afv etildi
17:58 / 08.01.2024
Samarqand viloyatidagi xonadondan qariyb 32 kg marixuana topildi
14:00 / 24.10.2022