Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda fuqaroni oliygoh magistraturasiga kirgizishini aytib pul olgan shaxs ushlandi
Samarqand viloyatida fuqaroni oliy ta'lim muassasasi magistraturasiga kiritish uchun pul olgan shaxs ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, viloyat IIB va DXX boshqarmalari xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Qashqadaryo viloyatidan ro‘yxatdan o‘tgan «Kesh turon Centr-C» MChJ rahbari S.S. ushlangan.
Ushbu shaxs Jomboy tumanida yashovchi U.Sh.ni Samarqand veterinariya va meditsina institutining magistraturasiga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 17 000 AQSh dollari olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:02 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Butunjahon intellektual mulk tashkilotining magistratura dasturi joriy etiladi
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025