«Chelsi» penaltilar seriyasida «Vilyarreal»ni mag‘lub etib, o‘z tarixida 2-bor UYeFA Superkubogini qo‘lga kiritdi

Foto: Getty Images
UYeFA Superkubogida Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi «Chelsi» Yevropa Ligasi chempioni «Vilyarreal» bilan to‘qnash keldi. O‘yinning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida kuchlar teng keldi. Hakim Ziyoshning goliga Jyerar Moreno javob berdi. Penaltilar seriyasida esa Kepaning seyvlari londonliklarga sovrinni keltirdi.
«Chelsi» o‘z tarixida 2-bor ushbu turnirda zafar quchdi.
UYeFA Superkubogi
Chelsi — Vilyarreal 1:1
Penaltilar seriyasi — 6:5.
11 avgust. Belfast. «Vindzor Park»
Gollar: Ziyosh (27) — J.Moreno (73).
Chelsi — Mendi (Kepa, 119), Zuma (Kristensen, 65), Chaloba, Ryudiger, Hadson-Odoi (Aspilikueta, 82), Kante (Jorjino, 65), Kovachich, Alonso, Ziyosh, Haverts, Verner (Maunt, 65).
Vilyarreal — Asenxo, Foyt, Albiol, Pau Torres, Pedrasa (Estupinan, 58), Yyeremi, Kapu (Gaspar, 70), Trigeros (M.Gomes, 70), J.Moreno, A.Moreno (Morlanes, 85), Dia (Raba, 86).
Ogohlantirishlar: Ryudiger (44), Pino (61), Raba (118).
Penaltilar seriyasi — Haverts (0:0, darvozabon), Moreno (0:1), Aspilikueta (1:1), Mandi (1:1, darvozabon), Alonso (2:1), Estupinan (2:2), Maunt (3:2), Gomes (3:3), Jorjino (4:3), Raba (4:4), Pulishich (5:4), Foyt (5:5), Ryudiger (6:5), Albiol (6:5, darvozabon).
Mavzuga oid

14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari

21:06 / 10.03.2025
Britaniya hukumati sud orqali Abramovichning 2 mlrd funtini tortib olmoqchi

11:30 / 26.01.2025
Mbappeda ilk het-trik, Husanovda omadsiz debyut. Kun o‘yinlari

01:58 / 26.01.2025