Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda yo‘lovchilar to‘xtatilib majburiy emlanayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat SSB munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi temir yo‘l kesishmasi yonida STOP belgisi qo‘yilib, «budka» o‘rnatilgani, yo‘lovchilar to‘xtatilib, koronavirusga qarshi majburiy emlanayotgani haqida xabar tarqaldi. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mazkur xabar yuzasidan munosabat bildirdi.
Munosabatda yozilishicha, Yakkabog‘da yo‘lovchilarning majburiy emlanayotgani haqidagi xabar mish-mish va unda hech qanday asos yo‘q.
Qayd etilishicha, hozirda Yakkabog‘ tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli davolash-profilaktika muassasalarida maxsus jihozlangan jami 28 ta emlash punkti tashkil etilgan. Koronavirusga qarshi emlash ishlari sovuqlik zanjiriga rioya qilingan holda faqat emlash punktlarida olib borilmoqda.
«Mamlakatimizda hech qaysi hududda yo‘lovchilar yoki haydovchilar to‘xtatilib, majburiy emlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi», deyiladi munosabatda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi
23:40 / 14.03.2025