Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada suv toshqinlari oqibatida besh kishi qurbon bo‘ldi
Mamlakat shimolida suv toshqinlari va ko‘chkilar tinimsiz yog‘ingarchiliklar oqibatida yuz berdi. Tabiiy ofatdan Bartin, Kastamonu, Sinop va Samsun viloyatlari jabr ko‘rdi.
Turkiyada yuz bergan suv toshqinlari natijasida besh kishi halok bo‘ldi, bir kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda "Hurriyat" gazetasi xabar bermoqda.
"Meteorologik nuqtayi nazardan, biz 50 yoki hatto 100 yildan buyon ko‘rmagan ofatga duch keldik", — dedi o‘rmon va qishloq xo‘jaligi vaziri Bekir Pakdemirli.
Mamlakat shimolida suv toshqinlari va ko‘chkilar tinimsiz yog‘ingarchiliklar oqibatida yuz berdi. Tabiiy ofatdan Bartin, Kastamonu, Sinop va Samsun viloyatlari jabr ko‘rdi.
Mintaqada aholini evakuatsiya qilish ishlariga harbiy vertolyotlar jalb etilgan.
Tabiiy ofat yuz bergan hududlarda ko‘plab uylar va korxonalar suv ostida qolgan, ko‘prik va yo‘llarga shikast yetgan.
Mavzuga oid
14:57 / 19.05.2025
Argentinada suv toshqini tufayli 7500 dan ortiq kishi evakuatsiya qilindi
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
23:40 / 14.05.2025