Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asaka tumanida fuqarolarni Germaniyaga ishga jo‘natishni va'da qilgan firibgar aniqlandi
Firibgar 3 nafar fuqaroni Germaniyaga ishga yuborishga va'da berib, 11 450 AQSh dollari miqdorida pullarni o‘z manfaati yo‘lida ishlatib yuborgan.
Fuqaro M.Q. 2019 yilning oktabr oyiga qadar tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazida ishlagan davrida, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 3 nafar fuqaroni Germaniya davlatida oliy ma'lumot talab etilmaydigan yengil ishga yuborish evaziga ularning jami 11 450 AQSh dollarini olib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Oltinko‘l tumani kadastr bo‘limi boshlig‘i yer sotayotganda qo‘lga olingani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025