O‘zbekiston | 17:00 / 13.08.2021
1782
2 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda ovlangan baliq hajmi 2600 tonnadan oshdi

2021 yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 2647,6 tonna baliq ovlandi. Bu ko‘rsatkich 2020 yilning shu davriga nisbatan 102,2 foizga o‘sgan. Bu haqda viloyat statistika boshqarmasi Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, ovlangan baliq umumiy hajmidan 71,1 foizi (1 882,6 t) qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar, 26,9 foizi fermer xo‘jaliklari va 2 foizi dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Hududlar bo‘yicha eng ko‘p ovlangan baliq hajmi quyidagicha:

  • Mirzaobod tumani –  2023,3 tonna;
  • Xovos tumani –  160,3 tonna;
  • Sayxunobod tumani –  127,8 tonna;
  • Boyovut tumani –  88,8 tonna;
  • Guliston tumani – 76,5 tonna;
  • Sirdaryo tumani –  73,1 tonna;
  • Oqoltin tumani – 55 tonna;
  • Sardoba tumani – 41,4 tonna;
  • Guliston shahar – 0,9 tonna;
  • Yangiyer shahar – 0,5 tonna.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid