Toliblar Kobulga yaqinlashmoqda – OAV
Lo Prestining fikricha, Kobul olinishi muqarrar, chunki «Tolibon» hujumini to‘xtatishning «imkoni yo‘q».

Foto: AP
Toliblar Kobuldan 50 kilometr masofada turibdi, deb xabar berdi RIA Novosti Afg‘onistonda faoliyat ko‘rsatadigan Pangea gumanitar tashkiloti prezidenti Luka Lo Prestiga tayanib.
«Qattiq tashvishdamiz, chunki toliblar Kobuldan 50 kilometr masofada turibdi. Bugun ertalab ular elektr kabellarini uzib tashladi, shahar deyarli izolyatsiya holatida», — degan Lo Presti.
Lo Prestining fikricha, Kobul olinishi muqarrar, chunki «Tolibon» hujumini to‘xtatishning «imkoni yo‘q».
13 avgust kuni «Tolibon» harakati jangarilari Lashkargoh shahrini egalladi. Ular bir kun avval Qandahorni nazorat ostiga olgandi. Bundan tashqari, Hirot shahri ham toliblar qo‘liga o‘tgan.
Bunga qadar esa jangarilar Nimro‘z, Juzjon, Saripul, Qunduz, Tohar, Samangan, Farah, Bog‘lon va Badaxshon viloyatlari markazlarini egallagandi.
Mavzuga oid

20:43 / 17.04.2025
Toliblar endi Rossiyada terrorchi tashkilot deb hisoblanmaydi. Voqealar rivoji

22:28 / 09.04.2025
AQSh “Tolibon” bilan faol muloqotga kirishdi. G‘arbning talablari o‘zgardimi?

18:19 / 31.03.2025
Rossiya bosh prokuraturasi «Tolibon» faoliyatiga ruxsat berishni so‘radi

00:00 / 31.03.2025