Xivada tadbirkorga to‘lov talabnomani yo‘qotishni va'da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xiva tuman bo‘limi tomonidan firibgarlik jinoyati fosh etildi.
Qayd qilinishicha, «Xiva tumani yo‘llardan foydalanish» unitar korxonasi bilan «G» MChJ o‘rtasida shartnoma tuzilgan va avans tariqasida 200 mln so‘m o‘tkazilgan.
Ammo ishlar to‘liq bajarilmagani sababli, «G» MChJ hisob raqamiga to‘lov talabnomasi qo‘yilgan.
«Xiva tumani yo‘llardan foydalanish» unitar korxonasi yuriskonsulti B.A. ushbu talabnomani bekor qildirib berishni va'da etib, «G» MChJ rahbaridan 2 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28-, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

10:44 / 08.05.2025
Telegramʼda akkauntlar sotilishini reklama qilib, fuqarolarning pulini o‘zlashtirib kelgan shaxs ushlandi

15:43 / 03.08.2024
10 yildan beri qidiruvda bo‘lgan avtofiribgar Turkiyada ushlandi

16:28 / 24.07.2024
Polshada o‘smirlarni pichoqladi deyilgan o‘zbekistonlik yigit aslida jabrlanuvchi bo‘lib chiqdi

18:31 / 24.02.2024