Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada kuchli yomg‘irlar sababli 3 million kishiga xavfsiz joyga ko‘chish buyurildi
Yaponiyaning Xirosima, Fukuoka, Saga, Nagasaki, Kumamoto, Oita va Kagosima prefekturalarida kuchli yomg‘irlar tufayli ob-havo xavfining eng yuqori darajasi e'lon qilindi va 3 millionga yaqin aholiga xavfli hududlarni tark etish buyurildi.
NHK telekanalining xabar berishicha, Xirosima prefekturasi ma'muriyati aholi uchun xavflilik darajasi maksimal ekani, yomg‘irlar “o‘nlab yillar davomida ko‘rilmagan talafotlarga olib kelishi” mumkinligidan ogohlantirgan. Bu yerdagi Kitaxirosima shahriga 3 soat ichida 140 mm yog‘ingarchilik tushgan.
“O‘z hayotlaringizni saqlab qoling!”, deb ko‘rsatma bergan mahalliy ma'muriyat.
Xavflilikning eng yuqori – beshinchi darajasida odamlarga ko‘chalarda harakatlanish taqiqlanadi. Aholiga xavfli hududlarni tark etib, evakuatsiya markazlariga kelish buyurilgan.
Avvalroq Kyusyu prefekturasi va Xonsyu orolining g‘arbiy qismida yashovchi 200 ming aholiga xavfsiz joyga ko‘chish buyurilgan.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025