Afg‘oniston prezidenti iste'foga chiqishi mumkin – OAV
Manbalarning aytishicha, Ashraf G‘ani «Tolibon» harakatiga o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha berishni rejalashtirgan taklif doirasida iste'foga chiqishi mumkin.

Foto: Reuters
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani iste'foga chiqish haqida o‘ylayapti, deb xabar berdi News18 telekanali o‘z manbalariga tayanib.
«Prezident iste'foga chiqishni o‘ylayapti, uning ketish ehtimoli bor», — deya manba so‘zlaridan iqtibos keltirgan telekanal.
Xabarda aytilishicha, G‘ani «Tolibon» harakatiga o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha berishni rejalashtirgan taklif doirasida iste'foga chiqishi mumkin.
Avvalroq qator OAV Ashraf G‘ani millatga murojaat qilishi va Afg‘onistonni tark etishi haqida xabar bergandi. Ammo shanba kuni afg‘on xalqiga murojaat bilan chiqqan G‘ani o‘z iste'fosi haqida gapirmadi. Biroq News18 manbalari Afg‘oniston prezidenti oilasi bilan «boshqa mamlakatga» ketishini aytgan.
Mavzuga oid

20:43 / 17.04.2025
Toliblar endi Rossiyada terrorchi tashkilot deb hisoblanmaydi. Voqealar rivoji

11:41 / 17.04.2025
138 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan yana bir reys Germaniyaga yetib keldi

07:02 / 16.04.2025
Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekiston hududlarida sezildi

20:09 / 15.04.2025