«Men faqat to‘g‘ri va haqqoniy ma'lumotni bilishni istayman» - Prezident
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” gazetasi bosh muharriri Salim Doniyorovga intervyu berdi. Davlat rahbari suhbat davomida o‘zi uchun to‘g‘ri qarorlar qabul qilishga nima yordam berishini aytib o‘tdi.
“Men Prezident sifatida ish boshlagan birinchi kunlardanoq o‘z komandamni haqiqiy holatga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan balandparvoz gaplar va “chiroyli” raqamlarni yoqtirmasligimni aytib, qattiq ogohlantirganman.
Qanchalik achchiq va noqulay bo‘lmasin, men faqat to‘g‘ri va haqqoniy ma'lumotni bilishni istayman. Bu men uchun to‘g‘ri qarorlar qabul qilishga yordam beradi.
Albatta, bu talabni hamma ham tushunib yetgani yo‘q, hali ham eskicha usulda ma'lumot berishga urinishlar bo‘lib turadi. Lekin men bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilaman. Ana shu haqiqatni tushunmaganlarning ko‘pchiligi bilan xayrlashdik va bu masalada talab doimo qattiq bo‘ladi.
Xalqimiz, Vatanimiz manfaatlari, jamiyatimizning kelajagi, farzandlarimizning baxtini ta'minlashga qaratilgan bugungi islohot jarayonlarining o‘zi shuni talab etmoqda. Bu borada boshqacha yo‘l tutishga haqqimiz yo‘q.
Yana bir bor aytaman, rahbar va mutasaddi shaxslar o‘rtasida kimki ana shu o‘tkir talabni tushunmasa, qanchalik og‘ir bo‘lmasin, ular bilan xayrlashamiz”, deydi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
16:27 / 20.09.2024
O‘zbekiston prezidenti yangi tayinlangan elchilarning ishonch yorliqlarini qabul qildi
22:35 / 19.09.2024
«Tibbiy xizmatlar mehmondo‘stligi» dasturi amalga oshiriladi
22:32 / 19.09.2024
Chang bo‘ronlariga qarshi kurashish va oqibatlarini yumshatish bo‘yicha milliy dastur ishlab chiqildi
22:30 / 19.09.2024