O‘zbekiston | 14:54 / 17.08.2021
1887
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda koronavirus bilan kasallangan 48 nafar bemor og‘ir ahvolda

Foto: KUN.UZ

16 avgust soat 11:30 holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston bo‘yicha koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar soni 3 484 nafarni tashkil qilmoqda. Shundan 274 bemor statsionar sharoitda davolanmoqda.

Ularning ichida:

  • 111 nafar bemor – Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugida tashkil qilingan Nukus maxsus tibbiyot kompleksida;
  • 101 nafar bemor – Respublika ftiziatriya va pulmonologiya markazida;
  • 62 nafar bemor – Beruniy tumanidagi «Pedagogika kolleji sport kompleksi»da davolanmoqda.

Qoraqalpog‘iston SSVga ko‘ra, shulardan 48 nafar bemorning ahvoli og‘ir, 11 nafar bemor juda og‘ir ahvolda, 205 nafar bemorning ahvoli o‘rtacha, 10 nafar bemorning ahvoli qanoatlanarli deya baholangan.

Qo‘shimcha qilinishicha, bemorlar dori-darmon va 5 mahal issiq ovqat bilan ta'minlangan.

Shuningdek, 3210 nafar bemor – koronavirusning yengil simptomlari bilan uy sharoitida hududiy poliklinikalar nazorati ostida davolanyapti.

Ma'lumot uchun, Qoraqalpog‘istonda bugungacha 8115 nafar bemor sog‘aygan.

Mavzuga oid