Jahon | 13:02 / 17.08.2021
54413
3 daqiqa o‘qiladi

«Tolibon» Afg‘onistonda amaldorlar uchun umumiy amnistiya e'lon qildi

Foto: Wakil Koshsar/AFP

«Tolibon» harakati Afg‘onistonda hukumat amaldorlari uchun umumiy amnistiya e'lon qilindi, bu holat harakat mamlakatda hokimiyat tepasiga kelganidan ikki kun o‘tib sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda AFP harakat bayonotiga tayangan holda.

«Umumiy amnistiya e'lon qilindi. Shuning uchun, siz oddiy hayot tarzini to‘liq ishonch bilan davom ettirishingiz mumkin», deyiladi toliblar bayonotida. Harakat vakillari davlat xizmatchilarini o‘z ish joylariga qaytishga chaqirdi.

Ma'lumot uchun, «Tolibon» Afg‘onistonda hukumat kuchlari pozitsiyalariga qarshi hujum boshladi va AQSh qo‘shinlarining mamlakatdan olib chiqib ketilishi fonida katta hududlarni egallab oldi.

15 avgustda «Tolibon» jangarilari Afg‘oniston poytaxti Kobulni egallab oldi va amalda butun mamlakatni qo‘lga kiritdi. Shundan so‘ng, Rossiyaning Kobuldagi elchixonasidan aytishlaricha, Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani katta miqdordagi naqd pulni olib, mamlakatdan qochib ketdi.

Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiritgandan so‘ng, toliblar G‘arb davlatlari harbiylariga yordam bergan kamida bir nafar afg‘onga hujum qildi: ular Chexiyadan kelgan harbiylar bilan ishlagan mahalliy tarjimonni o‘g‘irlab ketdi.

The Washington Post xabariga ko‘ra, «Tolibon» 2020 yil boshidan Afg‘oniston rasmiylari bilan kelishuv tuza boshlagani sababli mamlakatni egallab olishga muvaffaq bo‘lgan, buning doirasida toliblar ulardan qurol sotib olgan.

Qayd etilishicha, toliblar barcha darajadagi amaldorlarga, qishloqlardagi oddiy xizmatchilardan tortib, viloyat markazlarida ishlaydigan xodimlargacha pora bergan.

WP manbalarining aytishicha, afg‘on zobitlari orasida ba'zi amaldorlarga pul, boshqalarga esa amerikaliklar mamlakatni tark etgach, xavfsizlik kafolatlari kerak bo‘lgani haqida gap-so‘zlar urchigan.

Bundan oldin, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha navbatdagi bayonot bilan chiqqandi.

Ma'lum qilinishicha, mamlakat Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Mavzuga oid