Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda “Ibratli sudya” mukofoti joriy etiladi
Sudyalar faoliyatini baholash reyting tizimi yaratilmoqda. Yil yakunida reyting mezonlari orqali eng yaxshi deb topilgan sudyalarga “Ibratli sudya” mukofoti beriladi.
Sudyalar oliy kengashi ayni vaqtda sudyalar faoliyatini baholash elektron reyting tizimini joriy etish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda kengash kotibi Xurshid Sodiqov ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Elektron tizim prezidentning 2020 yildagi qarori va farmoni asosida, AKT vazirligi va “Unicon” korxonasi bilan birgalikda ishlab chiqilyapti.
Ta'kidlanishicha, reyting bir nechta mezonlar asosida shakllantiriladi. Mezonlarni shakllantirishda Germaniya tajribasidan foydalanildi. Professionalizm, odob-axloq qoidalariga rioya etish, murojaatlar bilan ishlash, bilim darajasi, qabul qilingan sud qarorlarining sifati kabi jami 7-8ta mezonlar asosida 100 ballik tizimda reyting shakllantiriladi.
Reyting orqali yil yakunida eng kuchli sudyalar aniqlanib, ular “Ibratli sudya” mukofoti bilan taqdirlanadi.
Kengash vakili faqat eng kuchli sudyalarning reytingi e'lon qilinishini bildirdi.
“Reyting natijasi veb-saytda e'lon qilinadi. Bunda ro‘yxat asosida hamma sudyaning reytingi e'lon qilinmaydi. Biz eng yuqori reytingga ega bo‘lgan, rag‘batlantirish uchun tavsiya etiladigan nomzodlar ro‘yxatini e'lon qilamiz.
Hamma sudyaning reytingi e'lon qilinmasligining sababi – kimningdir reytingi past bo‘lib qolsa, u o‘z ustida ishlashi kerak bo‘ladi, lekin buni (sudya ko‘radigan ishdagi) taraflar biladigan bo‘lsa, har xil tushunmovchiliklar va sudyaga ishonchsizlik kelib chiqadi. Shuning uchun hammasini e'lon qilish noo‘rin”, – deydi Xurshid Sodiqov 17 avgust kungi matbuot anjumanida.
Mavzuga oid
09:10 / 24.05.2025
Xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari uchun mukofot puli miqdori oshirildi
11:38 / 02.04.2025
O‘qotar qurolni ixtiyoriy topshirganlarga mukofot puli to‘lanadi
13:12 / 03.03.2025
Donorlarga beriladigan pul mukofoti miqdori oshirildi
14:18 / 03.02.2025