Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda vaksinatsiyaning salbiy oqibatlaridan himoyalanishga qaratilgan sug‘urta xizmati yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekistonda vaksinatsiyaning salbiy oqibatlaridan himoyalanishga qaratilgan sug‘urta xizmati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda "O‘zagrosug‘urta" AJ kompaniyasi axborot xizmati rahbari Shuhrat Qobilov ma'lum qildi.
“So‘nggi vaqtlarda koronavirusga qarshi vaksinalar haqidagi turli mish-mishlar aholi orasida emlanishdan ikkilanishni keltirib chiqarmoqda. “UZINSURANCE” kompaniyasi tomonidan bozorda birinchilardan bo‘lib, vaksina qabul qilgan shaxsning mehnat qobiliyatini yo‘qotishi yoki vafot etish holatlaridan sug‘urta qilish mahsuloti ishlab chiqilgan” dedi Shuhrat Qobilov.
Mutasaddiga ko‘ra, sug‘urta polisi uchun to‘lov 5 va10 ming so‘m bo‘lib, bunda sug‘urta javobgarligi 25 va 50 mln so‘mni tashkil etadi.
Sug‘urta shartnomasini rasmiylashtirish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat, vaksina olganligi haqidagi barcha ma'lumotlarni taqdim etish kerak.
Mavzuga oid
17:12 / 26.05.2025
«O‘zbekiston qayta sug‘urta kompaniyasi» tashkil etiladi
13:00 / 09.04.2025
Lloyd’s of London O‘zbekiston sug‘urta bozorini rivojlantirishga ko‘maklashadi
15:07 / 25.02.2025
Ayrim asbob-uskunalarni sug‘urtalash xarajati bir qismi qoplab beriladi
14:53 / 11.02.2025