Prezident granti uchun da'vogarlik qiladigan abituriyentlar ro‘yxati e'lon qilindi
Davlat test markazining mandat saytidagi ro‘yxatda Prezident granti uchun da'vogarlik qiladigan abituriyentlar ro‘yxati e'lon qilindi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabar bermoqda.

E'lon qilingan ro‘yxatga ko‘ra, 185,85 balldan yuqori ko‘rsatkichga erishgan 233 nafar abituriyent Prezident grantiga da'vogarlik qiladigan bo‘ldi.
Bunda 200-o‘rindagi abituriyent bilan bir xil ball to‘plagan barcha abituriyentlar ushbu grantga da'vogarlik qiladi. Natijalarga ko‘ra, 185-o‘rindan 233-o‘ringacha abituriyentlar bir xil 185,85 ball to‘plashgan, shu sababli barchasi Prezident grantiga da'vogarlik qiladi.
Shuningdek, respublika bo‘ylab jami 75 nafar abituriyent eng maksimal 189 ball to‘pladi.
Prezident grantini olganlar garchi kontraktga kirgan bo‘lsa ham davlat granti asosida o‘qiydi.
Bildirilishicha, Prezident grantiga da'vogarlik qilayotgan abituriyentlarning 73 nafari Toshkent davlat yuridik universitetiga to‘g‘ri keladi.
Ma'lum qilinishicha, ushbu natijalar koronavirusga chalingan yoki test kuni isitmasi yuqori bo‘lgan abituriyentlar uchun o‘tadigan qo‘shimcha test sinovlaridan keyin o‘zgarishi mumkin.
Mavzuga oid

10:55 / 16.10.2021
DXX akademiyasi bakalavriatiga qabul boshlandi

21:17 / 13.10.2021
Prezident Kun.uz reportajida yoritilgan mahalla va maktabni e'tirof etdi

12:27 / 21.09.2021
Abituriyentlar tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnomalarni onlayn rasmiylashtirishi mumkin

10:18 / 10.09.2021