Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston mamlakatga afg‘onistonlik qochqinlar kirgani to‘g‘risidagi xabarni rad etdi
Qayd etilishicha, Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegarada xavfsizlikni ta'minlash maqsadida vaqtinchalik chegara postlari o‘rnatilgan.
Qirg‘iziston chegara xizmati mamlakatga afg‘onistonlik qochqinlar kirgani to‘g‘risidagi xabarni rad etdi.
«Qirg‘izistonga Afg‘onistondan qochqinlar kirgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma'lumot noto‘g‘ri. Qirg‘iziston Afg‘oniston bilan umumiy chegaraga ega emas», — deyiladi mamlakat chegara xizmati xabarida.
Qayd etilishicha, chegara xizmati Afg‘onistonda yuz berayotgan voqealar va Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston bilan chegaradosh hududlardagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.
Xabar qilinishicha, Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegarada xavfsizlikni ta'minlash maqsadida vaqtinchalik chegara postlari o‘rnatilgan.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
20:42 / 20.05.2025