Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar bir necha amaldorni hibsga oldi
The New York Times gazetasining yozishicha, toliblarda «so‘roq qilish va jazolash» uchun qidirilayotganlar ro‘yxati mavjud.
Afg‘oniston sobiq hukumati vakillarining oila a'zolari ularning qarindoshlari yo‘qolib qolgani yoki «Tolibon» jangarilari tomonidan hibsga olingani haqida aytishdi.
Tolo telekanalining xabar berishicha, xususan, toliblar Lag‘mon viloyatining sobiq gubernatori va politsiya boshlig‘ini hibsga olgan, G‘azni viloyati politsiya boshqarmasi rahbari ham bedarak yo‘qolgan.
Avvalroq The New York Times BMT hujjatiga asoslanib toliblar Afg‘onistondagi AQSh va Britaniya kuchlariga yordam berganlarni qidirish ishlarini kuchaytirgani haqida xabar qilgandi. Gazetaning yozishicha, toliblarda «so‘roq qilish va jazolash» uchun qidirilayotganlar ro‘yxati mavjud.
Shu bilan birga, avvalroq «Tolibon» vakili Zabihulla Mujohid Afg‘onistonda AQSh va uning ittifoqchilari bilan hamkorlik qilgan barcha afg‘onlar amnistiya qilinishini aytgandi. Seshanba kuni toliblar umumiy amnistiya e'lon qildi.
Toliblar vakili Alhanafiy Vardak aholini xavotirlanmaslikka chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kobul aholisining hayoti va mol-mulkiga hech narsa xavf solmaydi.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025