Jahon | 09:07 / 22.08.2021
10047
1 daqiqa o‘qiladi

Gruziya 100 ming kishiga koronavirusdan kasallanish darajasi bo‘yicha dunyoda yetakchilik qilmoqda

Gruziya 100 ming kishiga koronavirusdan kasallanish va o‘lim darajasi bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinni egallamoqda. Bunday ma'lumotlarni AQShning The New York Times nashri keltirib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Gruziyada ayni vaqtda 100 ming kishiga kunlik kasallanish holati 132 taga yetdi. Bu dunyo bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Shuningdek, mamlakatda 100 ming kishiga virusdan kunlik o‘lim darajasi ham eng yuqori – 1,26 ta.

Antireytingda Gruziyadan keyingi o‘rinni Dominikana Respublikasi egallamoqda. Bu yerda 100 ming kishiga kunlik kasallanish holati 108tani tashkil qilmoqda. O‘lim darajasi bo‘yicha esa Kosovo 2-o‘rinni egallagan – 100 ming kishiga 0,22 ta holat.

Hozirga kelib Gruziyada aholining 6,9 foizi to‘liq emlangan.

Mamlakatda koronavirus yuqtirish holatlari ko‘paygani sababli 14 avgustdan 4 sentyabrgacha shahar transporti faoliyatiga hamda festival va konsertlar o‘tkazishga taqiqlov kiritilgan. Shuningdek, kafe, bar va restoranlarning ishini soat 23 gacha qisqartirishga qaror qilingan.  

Mavzuga oid