Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Akademik ta'til olgan talabalar o‘qishini sirtqi, kechki, onlayn shaklga o‘zgartirishi va davom ettirishi mumkin bo‘ladi
Joriy o‘quv yilidan boshlab, akademik ta'til olgan talabalar o‘qishni "sirtqi", "kechki", "onlayn" shakllarga o‘zgartirishi va davom ettirishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi axborot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha:
- qaramog‘ida/xonadonida bemorga qarashi lozim bo‘lgan talabalar;
- sog‘ligi tufayli o‘qishga kelish imkoniyati bo‘lmagan talabalar;
- sog‘ligiga ko‘ra uyda qolishi kerak bo‘lgan homilador ayol talabalar;
- chaqalog‘i bor yosh talaba onalar;
- harbiy xizmatni o‘tamoqchi bo‘lgan talabalar va boshqa asosli sabab ko‘rsatgan talabalar akademik ta'til olishlari mumkin bo‘ladi.
O‘tgan davrdagi akademik ta'tildan hozirgisining farqi - talaba o‘qishdan chetlatilmaydi.
Buning uchun talaba tahsil olayotgan oliygoh rektori nomiga akademik ta'til olishga sabab bo‘lgan omilni ko‘rsatgan holda ariza yozadi va ma'lumotnoma (spravka) taqdim qiladi.
Mavzuga oid
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
17:17 / 22.05.2025
3 yoshli jiyanini 3 ta tilda gapirtirgan yigit: miya sirlarini o‘rganayotgan Jamshidbek hikoyasi
15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi
18:16 / 15.05.2025