Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan deputat direktor ishdan bo‘shatildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida joylashgan 6-maktab o‘qituvchilarining murojaati tarqaldi. Ular o‘z murojaatida maktab direktori Feruza Ahmedova maktab o‘qituvchilarini majburiy mehnatga jalb qilayotgani, o‘qituvchilar ishlamasa, dars bermasligini aytib tahdid qilayotganini aytgan. Viloyat XTB tomonidan ishchi guruh tuzilib, 6-maktabdagi holat o‘rganilgan. Bu haqda «Adolat» SDP Qarshi tumani kengashi raisi Yulduz Muhammadiyeva xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyati XTB tomonidan ishchi guruh tuzilib, tegishli mas'ul mutasaddilar ishtirokida 6-maktabdagi holat o‘rganilgan. Bundan tashqari, 2021 yil 21 avgust kuni Xalq deputatlari Qarshi tumani kengashining navbatdagi sessiyasida 6-maktabda kuzatilgan holatlar bo‘yicha Xalq deputatlari tuman kengashining reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi P.Tuliyevning axboroti tinglangan.
Shundan so‘ng deputatlar tomonidan viloyat XTBning xati hamda deputatlarning takliflari inobatga olinib, 6-maktab direktori Feruza Axmedovani lavozimidan ozod etilishiga rozilik berilgan. Shuningdek, F.Axmedova kelgusida xalqning xaqli ravishda noroziligini keltiruvchi yoki deputatlik maqomiga putur yetkazuvchi holatlarga yo‘l qo‘ygan taqdirda deputatlik vakolatini muddatidan ilgari tugatish ham belgilangan.
Mavzuga oid
15:27 / 15.04.2025
Qashqadaryoda YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan haydovchi qamoqqa olindi
20:07 / 18.03.2025
Paxtachida TTB boshlig‘i xodimlarini ovoz yig‘ishga majburlayapti. U 200 ta monoblok va 50 ta printerni nima qilmoqchi?
13:31 / 18.03.2025
«Tashabbusli budjet»da majburiy ovoz to‘plangan loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi
11:20 / 14.03.2025