Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda shifoxonaning oqova suvlari ko‘chaga oqizildi. Viloyat SSV holatga izoh berdi
Ijtiomiy tarmoqlarda Qarshi shahrida joylashgan ixtisoslashtirilgan kordiologiya markazi oldidan o‘tgan ichimlik suv quvuri yorilib atrofga badbo‘y hid taratayotgani, ana shu iste'molga yaroqsiz suv aholiga tarqatilyotgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mazkur xabar yuzasidan munosabat bildirdi.
Ma'lum qilinishicha, Qarshi shahar «Otchopar» MFY hududidagi Kardiologiya markaziga kirish darvozasi oldidagi oqova suv tarmog‘ining holati o‘rganilgan. O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, Qarshi shahri «Otchopar» MFY hududida shahar «Suv ta'minoti» bo‘limining oqova suv (kanalizatsiya) tarmog‘i bo‘lmaganligi sababli yangidan qurilgan Kardiologiya va Endokrinologiya shifoxonalari uchun oqova suv nasos stansiyasi qurilgan.

Qayd etilishicha, mazkur nasos stansiyaga shifoxona xodimlari xizmat ko‘rsatadi. Shifoxona xodimlari oqova suv haydash nasoslarini ta'mirlash jarayonida kanalizatsiya hovuzidagi suvlarni shifoxona kirish darvozasi oldidagi bo‘sh yer maydoniga chiqarib yuborgan. Oqibatda atrofga badbo‘y hid taralib, noxush vaziyat yuzaga kelgan.
«Ushbu holatga «Qashqadaryo suv ta'minoti» MChJ Qarshi shahar bo‘limining aloqasi yo‘q bo‘lib, shifoxona atrofida bo‘limga qarashli oqova suv quvurlari mavjud emas», deyiladi munosabatda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi
23:40 / 14.03.2025