Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yakkabog‘ tumani hokimi o‘rinbosari o‘tirgan xizmat mashinasi yo‘l-transport hodisasiga uchradi
Qashqadaryo viloyatida Yakkabog‘ tumani hokimi o‘rinbosari o‘tirgan Nexia-3 xizmat mashinasi yo‘l-transport hodisasiga uchragan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 22 avgust kuni soat 22:00larda Qamashi tumani, Elabod mahallasi, Kattaarab qishlog‘i hududidan o‘tgan mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan 4N314 Langar-Maydanak avtomobil yo‘lining 4-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Yakkabog‘ tumani, Galamulla qishlog‘ida yashovchi, Yakkabog‘ tuman hokimligida haydovchi vazifasida ishlovchi A.R. Yakkabog‘ tumani hokimligiga qarashli Nexia-3 rusumli xizmat mashinasini boshqarib kelib, «Langar» suv omborining beton to‘sig‘iga urilib, yo‘l-transport hodisasiga uchragan.
Oqibatda, mashinada bo‘lgan Yakkabog‘ tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Bo‘ri Fayziyev va yana ikki nafar yo‘lovchi turli darajada tan jarohatlari olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Qamashi tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:38 / 25.09.2024
Qashqadaryoda ov miltig‘i otilishi oqibatida ayol kishi halok bo‘ldi
18:29 / 29.05.2023
Qashqadaryoda mahalliy bloger qamaldi. U SChR bo‘yicha yig‘ilishni yoritmoqchi bo‘lgani aytilmoqda
13:09 / 02.04.2023
Minjirdagi qotillik: otasini o‘ldirib, jazodan qutulib qolgan o‘g‘il haqida hikoya
14:01 / 11.01.2023