Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijiy oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilgan firibgar ushlandi
Ikki nafar fuqaroni xorijiy oliy ta'lim muassasasiga tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilib 3200 AQSh dollari so‘ragan firibgar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma'lum qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro U.K. ikki nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni 3 200 AQSh dollari evaziga Toshkent shahridagi xorijiy oliy ta'lim muassasalariga tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilib, oldindan 1 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
10:44 / 08.05.2025
Telegramʼda akkauntlar sotilishini reklama qilib, fuqarolarning pulini o‘zlashtirib kelgan shaxs ushlandi
15:43 / 03.08.2024
10 yildan beri qidiruvda bo‘lgan avtofiribgar Turkiyada ushlandi
16:28 / 24.07.2024
Polshada o‘smirlarni pichoqladi deyilgan o‘zbekistonlik yigit aslida jabrlanuvchi bo‘lib chiqdi
08:39 / 10.02.2024