Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada hamshiraga nisbatan zo‘ravonlik ishlatildi. Prokuratura holat yuzasidan izoh berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston tumanidagi tug‘uruqxonada hamshirani sochidan sudrab, tashqariga olib chiqishga urinayotgan shaxs haqida video tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyati prokuraturasi ma'lum qilishicha, O‘zbekiston tumanida yashovchi S.S. 27 avgust kuni tuman Markaziy shifoxonasi tug‘uruqxona bo‘limiga kelib, kelinining chaqalog‘i tug‘uruq vaqtida vafot etganligini eshitib, ushbu holatga shifokorlar aybdor deb hisoblab, mazkur bo‘limda shifokor bo‘lib ishlovchi, A.Yu.ni sochidan tortib, unga tan jarohati yetkazgan.
Bosh prokuratura axborot xizmatining ta'kidlashicha, videoyozuvdagi holat yuzasidan Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:50 / 21.05.2025
4 oyda zo‘ravonlikka uchragan 2 mingdan ortiq xotin-qizga yordam ko‘rsatildi
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
18:08 / 10.05.2025
Hindistonlik o‘qituvchilarga maktabda xivich bilan yurishga ruxsat berildi
15:23 / 07.05.2025