Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sardor Umurzakov – tadbirkorlar nega qisqa muddatli rejalar tuzishi haqida
“O‘zbekistonda nima sababdan tadbirkorlar juda qisqa muddatli reja qiladi. Nima sabab bunga? Chunki 25–26 yil ular shunga majbur bo‘lib qoldi. Bir ishni boshlasa, bir yildan keyin nima bo‘ladi, bilmagan; shu ish meniki bo‘ladimi yoki birov tortib oladimi, degan xayol bilan yashagan”, – dedi bosh vazir o‘rinbosari.
Bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov OAVga bergan intervyusida O‘zbekistonda nima sababdan tadbirkorlar qisqa muddatli reja qilishi haqida gapirdi. U davlat institutlari va tadbirkor o‘rtasidagi munosabatlarga to‘xtaldi.
“O‘zbekistonda nima sababdan tadbirkorlar juda qisqa muddatli reja qiladi. Nima sabab bunga? Chunki 25–26 yil ular shunga majbur bo‘lib qoldi. Bir ishni boshlasa, bir yildan keyin nima bo‘ladi, bilmagan; shu ish meniki bo‘ladimi yoki birov tortib oladimi, degan xayol bilan yashagan.
25–26 yil davomida ishonch buzilib kelgan bo‘lsa, endi buni tiklashga ham vaqt kerak. Ikkala taraf ham bir-biriga tomon to‘g‘ri qadamlarni bosib, ishonchni yanada kuchaytiradigan choralarni ko‘rishi kerak.
Albatta, oxirgi 4,5–5 yil davomida davlat va hukumat tomonidan qo‘yilgan har bir qadam shunga yo‘naltirilgan edimi, degan savol bersangiz, balki “yo‘q, hammasi ham emas” deyishga majbur bo‘lamiz. Chunki islohotlar shunday narsa ekanki, uning yozilgan retsepti yo‘q ekan. Ayrim holatlarda qandaydir qarorlar qabul qilingan, ularning natijasi o‘rganilgandan keyin yo to‘g‘rilangan, yo bekor qilingan; bunday holatlar ham yo‘q emas. Masalan, qandaydir imtiyozlar berilgan va ma'lum sabablarga ko‘ra, qisman yoki to‘liqligicha bekor qilingan.
Aytmoqchi bo‘lganim, qo‘pol bo‘lsa ham, o‘yin qoidalari barqarorligini ta'minlashga harakat qilishimiz kerak. Pirovard maqsad – tadbirkorlarning davlat tuzilmalariga, hukumatga, yaratilgan qoidalarning davomiyligiga ishonchi paydo bo‘lishi kerak. Xuddi shunday, davlat institutlari ham tadbirkorlarga yolg‘onchi, soliqdan qochuvchi deb qaramasdan, iqtisodiyotning asosiy drayveri sifatida nomiga emas, ich-ichidan tan olib, ularni to‘laqonli qo‘llab-quvvatlashga kuch sarflashi kerak”, – dedi bosh vazir o‘rinbosari.
Mavzuga oid
14:35 / 18.02.2025
“Yosh tadbirkorlar” raqamli platformasi joriy etiladi
11:50 / 18.02.2025
Namanganda gazdan o‘g‘rincha foydalanib kelgan tadbirkor aniqlandi
18:54 / 17.02.2025
«Qat’iy belgilangan AOS korrupsiyaning oyog‘iga bolta urgandi, endi uni bekor qilishmoqchi» – soliq maslahatchisi
22:20 / 11.02.2025